SportUz.Net
photo photo

Rasmiy xabar: SHkvirin o'z hohishiga ko'ra lavozimidan ozod etildi

25.10.2021 12:50    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, jamoamiz Coca-Cola Superliganing 23-turi doirasida Toshkentning "Bunyodkor" klubiga imkoniyatni boy berdi.

Kuni kecha klub rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi va jamoa tomonidan qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar tanqidiy ko'rib chiqildi. Mazkur yig'ilish yakunida, jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Igor Anatolevich SHkvirin hohishiga ko'ra istefoga chiqarildi va klub bilan do'stona xayrlashdi.

"Turon" futbol klubi istedodli mutaxassis Igor SHkviringa jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan xolda unga kelgusida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qoladi", - "Turon" matbuot xizmati. 

Eslatib o'tamiz, championat.asia 23 oktyabr kuni SHkvirin istefoga chiqqani haqida xabar bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: