SportUz.Net
photo photo

“Barselona” murabbiyi Grizmann nima sababdan maydonga tushmaganini izohladi

28.02.2021 12:23    


Rasmni yuklab olish

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 25-turi doirasida “Sevilya”ga (2:0) qarshi bahsda jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanning maydonga tushmaganligi sababini ochiqladi.

“Biz odatiy uslubimizni o'zgartirishga qaror qildik va shu sababdan Usmon Dembele oldingi chiziqda harakat qildi. Hisob 1:0 payti Leoning oldiga Grizmandan tezkorroq futbolchi harakat qilishini istadik. Bu Antuan uchun qandaydir jazo degani emas,” deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

Joriy mavsumda Grizmann La Ligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Messi, De Yong va Jordi Alba ushbu mavsumda Grizmandan ko'proq uchrashuv o'tkazishgan. “Barselona” kechagi g'alabadan keyin ochkolarini 53 taga etkazib, turnir jadvalida “Real”ni quvib o'tdi va 2-pog'onaga ko'tarildi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: