SportUz.Net
photo photo

Srechko Katanec: "Muxlislarga o'yin oson o'tgandek tuyilishi mumkin. Aslida esa, uchrashuv juda qiyin kechdi"

10.10.2021 09:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston Ammanda Malayziyani yirik hisobda (5:1) taslim qildi.

O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanec ushbu o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi navbatda futbolchilarimni ushbu g'alaba bilan tabriklamoqchiman. SHuni takidlab o'tish kerakki, o'yinchilar raqibning va uchrashuvning maqomiga qaramasdan, o'yinni juddiy qabul qilishdi. Aynan shu sababli ham, ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Futbolchilarimiz o'yin tempini ham yaxshi ushlab turishdi.

Bugun biz jamoa sifatida juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. SHu sababli ham, qaysidir o'yinchini alohija ajratib ko'rsatish noto'g'ri bo'ladi. Lekin, yosh o'yinchilarimiz o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishganini ham aytib o'tish lozim.

Muxlislarga o'yin oson o'tgandek tuyilishi mumkin. Aslida esa, uchrashuv juda qiyin kechdi. Sababi, jamoamiz 90 daqiqa davomida pressing amalga oshirdi, xushyor o'ynashga harakat qildi. Maydon markazidagi to'p uchun kurashlarni ko'pini yutib chiqdik. 

To'g'ri, bugun bitta gol o'tkazib yubordik. Ammo, u golda faqat himoya chizig'ini ayblash noto'g'ri bo'ladi. CHunki, biz birinchi bo'lim so'ngiga kelib nafaqat himoyada, balki hujumda va maydon markazida ham biroz tempni tushirdik, agressiv o'yin ko'rsatmadik. Futbolchilar birinchi bo'lim tugadi degan kayfiyatda harakat qilishdi va shuning oqibatida gol o'tkazib yuborishdi. Umuman olganda esa, men himoyamiz va umman jamoaviy o'yinimizdan to'liq qoniqish hosil qildim", -deydi Srechno Katanec.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: