SportUz.Net
photo photo

O'zbekcha madaniyat - rahmat senga, Litva!

25.09.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston futzal terma jamoasi Litvadagi mundialda o'z ishtirokini yakunladi.

Qayd etish kerak, ushbu mundialdan faqatgina yoqimli taassurotlar qoldi. Futzalchilarimiz o'yin bobida, balki, dunyoning eng kuchli jamoasi emasdir, ammo eng kuchlilari bilan bemalol o'ynay olishini ko'rsatib, muxlislar mexrini qozonishdi. Eronga qarshi o'yin yakuniga etganidan keyin esa futzalchilarimiz kiyim almashtirish xonasini tozalab qo'yib, shu yozuvni qoldirib ketishdi:

"Rahmat, Vilnyus!". O'zbekiston termasi barcha o'yinlarini Litva poytaxtida o'tkazdi.

12 sentyabr. 1-tur. O'zbekiston - Gvatemala 4:5

15 sentyabr. 2-tur. O'zbekiston - Rossiya 2:4

18 sentyabr. 3-tur. Misr - O'zbekiston 1:2

24 sentyabr. CHorak final. O'zbekiston - Eron 8:9

So'nggi yillarda bunday ish o'zbek muxlislari-yu, futbolchilari tomonidan ko'p takrorlanayotgandi. Bugun esa yana bir bor o'zbeklar madaniyati hali ham yuqori darajada ekanligini, yulduzlik bizga yot narsaligini barchaga ko'rsata olyapmiz. Birinchi mundialda guruhdan chiqa olmagandik, bunisida chiqdik. Navbatdagi jahon chempionatida esa maqsad uzoqroq olinishi shubxasiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: