SportUz.Net
photo photo

Terma jamoaning yangi sardori kim bo'lishi kerak? Odil Ahmedov o'z variantini aytdi

25.08.2021 15:50    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasining ko'p yillik sardori Odil Ahmedov yaqinda terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Biz Ahmedovdan undan keyin sardorlik vazifasini qaysi futbolchi bajarishi mumkinligi borasidagi fikrini so'radik.

"Terma jamoaga sardor bo'lish uchun Jaloliddin Masharipov mos deb o'ylayman. U nafaqat futbol maydonida, balki uning tashqarisida ham yigitlar bilan yaxshi til topisha oladi va sardorlik hususiyatlarga ega. Albatta bu shaxsiy fikrim va yangi sardorni terma jamoaning o'zi aniqlaydi", - deydi Odil Ahmedov championat.asia saytiga.

P.S. Tez orada saytimizda Odil Ahmedov bilan intervyu taqdim etiladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: