SportUz.Net
photo photo

Eldor SHomurodov: "Men urgan gol jamoamga g'alaba keltirganidan baxtliman. Abraxam? Biz birgalikda o'ynashimiz mumkin"

20.08.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

Rimning "Roma" klubi Evropa Konferenciyalar ligasi pley-off ilk uchrashuvida Turkiyaning "Trabzonspor" jamoasi mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu g'alabadan so'ng, Eldor SHomurodov Sky Sports kanaliga intervyu berdi:

Siz urgan golning ahamiyati qanday?

Men urgan gol jamoamga g'alaba keltirganidan baxtliman. O'ylashimcha, keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlash kerak. Sababi, A Seriya uch kundan so'ng start oladi.

Mourinyu qo'l ostida qay darajada rivojlanyapsiz? Umuman jarayon qanday kechmoqda?

Men Mourinyu aytayotgan deyarli barcha narsani tushunyapman. U va jamoadoshlarimni ham tushinib boryapman. Ammo, menda hali ham so'zlashuv borasida muammolar bor (kulib qo'yadi)

Siz o'zingizdagi jihatlar bilan Mourinyuga mos kelgansiz...

Ha, men buni Genuyada isbotlagandim.

Endi Abraxam bilan birga o'ynashingiz lozim. U bilan birga o'ynay olasiz deb o'ylaymiz, shu to'g'rimi?

Ha, biz birgalikda o'ynashimiz mumkin. Ikkimizning imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, buning imkoni bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: