SportUz.Net
photo photo

Anchelotti "Real"dan Krishtianu Ronalduni qaytarishni so'radi

17.08.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan hujumchi Krishtianu Ronalduni ortga qaytarishni so'radi.

Italiyalik mutaxassisning bu xohishini portugaliyalik futbolchining jamoa uchun qadrini biladigan futbolchilar qo'llab-quvvatladi.

Ammo, klub hozirda ko'proq PSJ hujumchisi Kilian Mbappening xaridiga etiborini qaratgan, "Real" prezidenti Florentino Peres esa allaqachon 36 yoshli Ronalduni qaytarish g'oyasini rad etgan. Ammo, bu ro'y berishi mumkin, sababi PSJ franciyalik hujumchini sotishni xohlamayapti.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti va Ronaldu "Real"da birga ishlashgan va 2013/14 yilgi mavsumda birgalikda CHempionlar Ligasida g'olib chiqishgan.

Ronalduning "Yuventus" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Futbolchi yiliga 31 million evro maosh oladi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Yuve" safida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 4ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: