SportUz.Net
photo photo

Karpin: "Iloji bo'lganida SHomurodovni Rossiya termasiga chaqirgan bo'lardim"

17.08.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

Rossiya termasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin "Rostov" himoyachisi Maksim Osipenkoning termaga chaqirilgani haqida gapirdi.

27 yoshli futbolchi ilk marta termaga chaqirildi. Termaga qadar Karpin 3,5 yil mobaynida "Rostov"da ishladi.

- Qo'l ostingizda o'ynagan Osipenko bunga qadar nega termaga chaqirilmagan?
- Bu savol menga berilmasligi kerak. Ammo men "Rostov"da birga ishlagan yana bir qancha futbolchilarni termaga chaqirgan bo'lardim. Ular barcha talablarni bilishadi. Hech bo'lmaganda kundalik hayot uchun ham chaqirish kerak.

SHomurodov, Zaynutdinov, Eremenkoni termaga chaqirgan bo'lardim. Ular mening talablarimni yaxshi bilishadi. Albatta bu xazil.

- Kundalik hayot? Tushunarsiz.
- Ertalab 9da turish kerak. Barchasini aytib beraymi? Klubdagi oddiy talablar. Kimlardir masalan o'z klubidan ko'prog'ini talab qiladi, kimlardir esa kamroq.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: