SportUz.Net
photo photo

Kuman: "Messi ketgach gol urishimiz qiyinlashadi. Ammo maqsadimiz - sovrinlar"

13.08.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Lionel Messining ketishi jamoaga qanday tasir qilishi haqida gapirdi.

"Albatta, gol urishimiz qiyinlashadi. Messi o'tgan mavsumda 30 ta gol urgandi. Endi esa boshqalar o'zlarini ko'rsatib, oldinga qadam tashlashlari lozim bo'ladi. Bu erda jamoaviy mehnat katta ahamiyatga ega bo'ladi. 

Fati va Koutino jarohatdan sog'ayib qaytgach, bizda ajoyib tarkib bo'ladi. Biz maqsadlarimizga erishish yo'lida qattiqroq ishlaymiz. 

Bizda o'tish davri. Mavsumning boshi qiyin bo'ladi. Haliyam koronavirus bor va uning ustiga jarohatlangan futbolchilarimiz ham bor.

Maqsad o'sha-o'sha - sovrinlar yutish, chempion bo'lish va CHempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish. "Barselona" kabi jamoalar sovringa davogarlik qilmasdan turib mavsumni o'tkazishmaydi. Ammo, futbolni tushunadiganlar bizga qiyin bo'lishini sezib turishibdi", - dedi Kuman. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: