SportUz.Net
photo photo

Aguero, Pike, Buskets va Alba Messining uyida yig'ilishdi

08.08.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

“Barselona”ning bir qator futbolchilari jamoani tark etgan 34 yoshli argentinalik forvard Lionel Messining uyida uchrashuv o'tkazishdi.

Bu haqda Get Spanish Football News nashrining Tvitterdagi sahifasi xabar berdi.

“Serxio Aguero, Jerar Pike, SHakira, Serxio Buskets, Jordi Alba va mashhur kibersport sharhlovchisi Ibay Lyanos suhbatlashish maqsadida Messining uyida to'planishgan”, deya xabar bermoqda manba.

Eslatib o'tamiz, 5 avgust kuni “Barselona” klubi Messi bilan shartnoma uzaytirilmasligini elon qildi. Bu  Ispaniya ligasi reglamentidagi moliyaviy va strukturaviy holat bilan bog'liq ekanligi aytildi.

Messi 2003 yildan buyon “Barsa” tarkibida to'p tepib kelgandi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi iyun oyida nihoyasiga etgandi. Joriy mavsumda 34 yoshli futbolchi La Ligada 35 ta uchrashuv o'tkazib, 30 ta gol urishga erishgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: