SportUz.Net
photo photo

"Messi shunchaki shartnomaga imzo qo'yish uchun kelgandi". Aslida kecha nima bo'lgandi?

06.08.2021 12:25    


Rasmni yuklab olish

Lionel Messi "Barselona"da qolishni xohladi.

Futbolchi uning shartnomasi bilan bog'liq vaziyat qay tarzda o'zgarib ketganidan hayron qolgan. U Barselonaga kelib, shunchaki shartnomaga imzo chekaman va juma kuni jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishaman deb o'ylagan.

Lionelning otasi Xorxe Messi kecha klub ofisiga kelganda, yangi shartnoma imzolangan bo'lishini kutgan edi, ammo "Barsa" prezidenti Joan Laporta ular oldida uzr so'ragan va klub Messini ro'yxatdan o'tkaza olmasligini aytgan.

SHundan so'ng argentinalikning vakili Leo "Barsa"da qolish uchun maoshining yana ham kamayishiga tayyor ekanligini aytgan. Messi oilasi kataloniyaliklar rahbariyatiga vaziyatni baholashlari uchun vaqt berishgan. Ammo, bir necha soatdan so'ng Lionel bilan "Barsa" vakillari bog'lanishgan va maosh chegarasini chetlab o'tishning iloji yo'qligini aytishgan.

Forvard boshqa klublar bilan rasmiy muzokaralar o'tkazmagan, sababi u "Barsa" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: