SportUz.Net
photo photo

"Continental" xalqaro turniri. O'zbekiston bahs tugashiga 33 soniya qolganda gol o'tkazib Tailandga mag'lub bo'ldi

27.07.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston futzal terma jamoasi "Continental" xalqaro turniridagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Bugun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz mezbon Tailand terma jamoasiga qarshi 3-tur doirasida kurash olib bordi.

Bellashuvda futzalchilarimiz 3:2 hisobida oldinda borishayotgan edi. Uchrashuv yakunlanishiga besh yarim daqiqacha vaqt qolganda tailandliklar beshinchi o'yinchi bilan harakatlanishni boshlashdi va 36-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Durang bizni guruhda birinchi o'rinda olib qolardi. Mezbonlarga esa faqat g'alaba zarur edi. O'yin tugashiga 33 soniya qolganda Tailand g'alaba to'pini kiritdi.

Guruhda Tailand bir, O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi bo'ldi.

"Continental" xalqaro turniri

"Show DC" majmuasi, Bangkok

Tailand - O'zbekiston 4:3

Gollar: Suphavut Tuenklang 11, 26, Jetsada CHudech 36, Vorasak Srirangpirot 40 - Jetsada CHudech 4 (avtogol), Husniddin Nishonov 19, Davron CHoriev 28

O'zbekiston - dastlabki beshlik: Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron CHoriev.

Zaxiradagilar: Anashon Rahmatov, Mashrab Odilov, Muzaffar ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Elbek To'lqinov, Akbar Usmonov, Ravshan Eliboev, Hushnur Erkinov, Sunnatulla Jo'raev, Abbos Elmurodov.

Tailand - dastlabki beshlik: Kanison Pupun, Jiravat Sornvichan, Kritsada Vongkaeo, Suphavut Tuenklang, Muhammad Osamanmusa.

Zaxiradagilar: Varut Vangsama-Aeo, Ronnachai Jungvongsuk, Pornmongkol Srisubseang, Jetsada CHudech, Attavut Madyalan, Katavut Hankampa, CHaivat Jamgrajang, Apivat CHaemcharoen, Navin Rattanavongsvas, Perapat Kaevvilai, Vorasak Srirangpirot.

Ogohlantirish: I.Hamroev 39



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: