
Yakuniga etib borayotgan yil davomida o'zbekistonlik sportchilar jahon va Osiyo chempionatlari, shuningdek, kompleks musobaqalarda ishtirok etishdi. SHundan kelib chiqib, 2025 yilda O'zbekistonning eng yaxshi erkak sportchisi deb topilishi mumkin bo'lgan nomzodlar soni ham etarlicha edi. Jahon chempionati va VI Islom Birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raev "2025 yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi. U o'zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda 9 ta oltin medal qo'lga kiritdi.

Ayollar o'rtasida bokschimiz Navbahor Hamidova "2025 yilnig eng yaxshi ayol sportchisi" deya elon qilindi. U shu yil jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibasiga aylandi.
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" sifatida shu yil yunon-rum kurashi terma jamoamizda to'g'ridan-to'g'ri bosh murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan Rustam Assakalov etirof etildi. "Yilning eng yaxshi terma jamoasi" nominaciyasida kutilganidek, boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi g'olib bo'ldi.
"Yilning eng yaxshi sport federaciyasi" nominaciyasi g'olibligi O'zbekiston futbol associaciyasiga nasib etdi. Milliy mukofotni Associaciya raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov qabul qilib oldi.
"Yilning eng yaxshi yosh sportchisi" nominaciyasida "Milliy mukofot" 19 yoshida kattalar o'rtaisda yunon-rum kurashida jahon chempioni bo'lgan Aytjan Xalmaxanovga topshirildi.

Bogdan Guskov: "Pyotr Yan - Merab Dvalishvili... o'n martadan o'n marta mag'lub etadi"
“Milliy sport mukofoti-2025”ning barcha nominaciyalar bo'yicha g'oliblari + FOTOGAELEREYA