SportUz.Net
iks
ads

"Liverpul" markaziy himoyachi uchun 90 million evro to'lashi mumkin

24.12.2025 13:30    


Rasmni yuklab olish

"Football Insider" nashrining xabar berishicha, "Liverpul" "Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini kuzatib bormoqda.

Bastoni orqali inglizlar himoya markazini kuchaytirishni reja qilgan.

Manbaning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchining transferi "mersisaydliklar"ga kamida 80 million funt sterlingga (91,2 million evro) tushishi mumkin. SHuningdek, himoyachiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

"Inter" himoyachisi bu mavsumda barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt saytidagi malumotlarga ko'ra, uning bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: