SportUz.Net
iks
ads

Apellyaciya ish berdi: PSJ futbolchisining jazosi engillashdi

24.12.2025 09:18    


Rasmni yuklab olish

3 dekabr kuni UEFA intizom qo'mitasi PSJ himoyachisi Lukas Ernandesni CHempionlar Ligasida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda raqibga tirsak bilan zarba bergani uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilgandi.

Parijliklar bu qarorga rozi bo'lmadi va shikoyat kiritdi.

Apellyaciya natijasi PSJga maqul bo'ldi: UEFA Apellyaciya qo'mitasi amaldagi CHempionlar Ligasi g'olibining dalillarini inobatga olib, Ernandesning diskvalifikaciyasini bittaga qisqartirib, 2 ta o'yin etib belgiladi.

Franciyalik himoyachi shu o'yinlardan birini "Atletik" Bilbaoga qarshi bahsda allaqachon o'tab bo'ldi, endi u faqat "Sporting"ga qarshi safardagi bahsni tribunalardan tomosha qiladi. Asosiy bosqichning so'nggi o'yini — "Nyukasl"ga qarshi bahsda esa Ernandes Luis Enrikening tanlovi uchun yana tayyor bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: