SportUz.Net
iks
ads

"Nasaf": Abduvohid Nematov bilan shartnoma uzaytirildi + FOTO

20.12.2025 13:12    


Rasmni yuklab olish

Qarshining "Nasaf" klubi darvozabon Abduvohid Nematov bilan shartnomani uzaytirdi.

"Jamoamiz posboni o'z o'rnida!

Bugun jamoamizning asosiy kiperi milliy jamoa azosi Abduvohid Nematov bilan ham 1 yillik shartnomaga imzo chekildi. 

O'zining seyvlari va gollari bilan qalbimizdan chuqur joy egallagan darvozabonimizga klubimiz bilan birga yana ko'plab sovrinlar yutishiga tilakdoshmiz! Muxlislaringni ajoyib va yorqin o'yinlaring bilan xushnud etishda davom et, Abduvohidjon!", — deyiladi klub xabarida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: