
47 yoshli murabbiy ketma-ket ikkinchi marta ushbu etirofga loyiq ko'rildi. Bunga qadar u oktyabr oyida ham eng yaxshi murabbiy bo'lgandi.
"Koventri" o'tgan oyda 5 o'yinda 5 g'alaba qayd etdi. Jamoa "SHeffild" (3:1), "Stok Siti" (1:0), "Vest Bromvich" (3:2), "Midlsbro" (4:2) va "CHarlton" (3:1) ustidan g'alabalar qayd etdi.
Lempard 2024 yil noyabrida ushbu jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. Ayni damda uning jamoasi 20 turda 44 ochko to'plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
