SportUz.Net
iks
ads

APLning noyabrdagi eng yaxshi murabbiyi aniq

12.12.2025 19:54    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premer-ligasi noyabr oyining eng yaxshi murabbiyini aniqladi.

"CHelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska ushbu mukofotga sazovor bo'ldi.

O'tgan oyda "CHelsi" Premer-ligada 4 o'yin o'tkazdi. Mareskaning jamoasi 3 ta o'yinda zafar quchdi va 1 tasida durang o'ynadi. Jamoaning bu davrdagi natijalari quyida keltirilgan:

"Tottenxem" – "CHelsi" 0:1

"CHelsi" – "Vulverxempton" 3:0 

"Byornli" – "CHelsi" 0:2

"CHelsi" – "Arsenal" 1:1

Ko'rib turganingizdek, "CHelsi" o'tgan oyda chempionatdagi 4 bahsda atigi 1 ta gol o'tkazib yubordi.

"CHelsi" hozirda Premer-liga turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Mareska jamoasi keyingi o'yinni 13 dekabr kuni o'z maydonida "Everton"ga qarshi o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: