
Kelishuv 1 yil va 1 oy muddatga mo'ljallangan bo'lib, agar jamoa "Osiyo Kubogi-2027"da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, shartnoma yana 3 yilga uzaytiriladi.
Jahon futboli afsonasi Robert Prosinechki — "Real", "Barselona" va "Crvena Zvezda"ning sobiq futbolchisi, JCH-1998 bronza medali sohibi endilikda Qirg'iziston terma jamoasiga ustozlik qiladi!
Mutaxassis bunga qadar to'rtta milliy terma jamoani boshqargan:
Xorvatiya (2006–2010)
Ozarbayjon (2014–2017)
Bosniya va Gercegovina (2018–2019)
CHernogoriya (2024–2025)
Qirg'iziston terma jamoasining yangi ustozi Robert Prosinechki qanday futbolchi bo'lgan?
Robert Prosinechki — shunchaki murabbiy emas, balki 90-yillar jahon futbolining haqiqiy afsonalaridan biri. U o'yinni tashkil qilish, aniq pas va kuchli zarbalari bilan mashhur bo'lgan noyob istedod egasi edi.
Quyida uning futbolchilik faoliyatidagi eng muhim faktlarni keltirib o'tamiz:
Evropa cho'qqisi: Prosinechkining yulduzli onlari "Crvena Zvezda" klubi bilan bog'liq. U 1991 yilda Belgrad klubi safida Evropa CHempionlar kubogi (hozirgi CHempionlar ligasi) g'olibiga aylangan. U jamoaning "miyasi" hisoblanardi.
Ikki grand tarkibida: Xorvatiyalik yarim himoyachi Ispaniyaning azaliy raqiblari — ham "Real Madrid" (1991–1994), ham "Barselona" (1995–1996) safida to'p surgan tarixdagi kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.
Terma jamoalardagi rekord: Prosinechki Jahon chempionatlari tarixida ikki xil davlat terma jamoasi safida gol urgan noyob futbolchidir (1990 yilda Yugoslaviya va 1998 yilda Xorvatiya tarkibida).
Jahon etirofi:
1987 yilda Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan va turnirning "Eng yaxshi futbolchisi" (Oltin to'p) deb topilgan.
1990 yilgi Jahon chempionatining "Eng yaxshi yosh futbolchisi" unvonini qo'lga kiritgan.
1998 yilgi Franciyada o'tgan mundialda Xorvatiya terma jamoasi bilan bronza medallariga ega chiqqan.
APLdagi faoliyati: Faoliyatining so'nggi qismida Angliyaning "Portsmut" klubida o'ynab, jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolgan va mahalliy muxlislar yoqimtoyiga aylangan.