SportUz.Net
iks
ads

Transfermarkt: O'runov - Eron chempionatining eng qimmat futbolchisi, Masharipov o'nlikda

09.12.2025 15:30    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali Fors Ko'rfazi Pro ligasi futbolchilarining yangilangan narxlarini elon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi va "Persepolis" vingeri Oston O'runovning narxida o'zgarish kuzatilmadi va u etakchilikni saqlab qoldi. Terma jamoa tajribali azosi va "Istiqlol" vingeri Jaloliddin Masharipovning qiymati esa 300 ming evroga arzonlaganiga qaramay, kuchli o'ntalikda qolgan.

"Traktor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov 200 mingga arzonlab, 1 mln evro bilan 17-o'ringa, "Istiqlol" himoyachisi Rustam Ashurmatov 100 mingga qimmatlab, 700 ming evro bilan 37-o'ringa joylashgan. SHuningdek, "Fulad" darvozaboni O'tkir Yusupovning narxi 50 mingga kamaygan va 500 ming evro bilan 82-o'rinda qayd etilgan. 

Eron chempionatining eng qimmat futbolchilari 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: