Futbolchi kecha kechqurun Milanga uchib keldi. Bugun ertalab forvard tibbiy ko'rikdan o'tadi, shuningdek "Milan" bazasiga tashrif buyuradi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
SHundan keyin Jiru tatilga yo'l oladi. U Stefano Pioli jamoasi mashg'ulotlariga 26 iyulda qo'shiladi.
"Milan" "CHelsi"ga Jiru uchun belgilangan miqdordagi mablag'ni to'laydi. SHartnomada shuningdek CHempionlar Ligasiga chiqish bilan bog'liq bonus ham bor. Francuz 2 yillik shartnoma imzolaydi, uning maoshi yiliga 4 mln evroni tashkil etadi.
34 yoshli forvard o'tgan mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Pyotr Yan Islam Maxachev bilan uchrashib qoldi va uni bitta so'z bilan tarifladi + FOTO