
"ESPN" xabariga ko'ra, dushanba kuni Madrid klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning yomon sport formasi va bosh murabbiyning kelajagini muhokama qilish uchun direktorlar kengashi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Aytishlaricha, CHempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bo'lajak o'yin Alonso o'z lavozimini saqlab qolish-qolmasligi borasidagi qarorni qabul qilishda juda muhim rol o'ynaydi. Muqobil nomzodlar sifatida Alvaro Arbeloa va Zinedin Zidan tilga olinmoqda.
Manbalardan birining takidlashicha, "Real"da muvaffaqiyatsiz natijalar uchun javobgarlik ham murabbiy, ham Alonso va uning shtabi uslublarini tushuna olmagan futbolchilar zimmasida deb hisoblashmoqda.
Bundan tashqari, madridliklar vakillarida Alonsoning futbolchilar bilan muloqoti borasida savollar bor: klubdagilar murabbiy so'nggi haftalarda "juda yumshoq" bo'lgan deb hisoblashmoqda.

Bugun 11 nafar bokschimiz IBA Jahon chempionatida ringga ko'tariladi (to'liq ro'yxat)