SportUz.Net
iks
ads

APL. Brunu Fernandeshning dubli va MYUdan yirik g'alaba!

09.12.2025 08:30    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premer-ligasining 15-turi doirasida "Vulverxempton" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning ishonchli 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Brunu Fernandesh jamoasining birinchi va to'rtinchi gollarini o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 

"Vulverxempton" — "Manchester Yunayted" 1:4

Gollar: 0:1 — Fernandesh 25, 1:1 — Bellegard 45+2, 1:2 — Mbeumo 52, 1:3 — Maunt 62, 1:4 — Fernandesh 82 (pen).

"Vulverxempton": Jonston, Moskera, Agbadu, Toti, Xuver (CHachua 70), Andre (CHireva 82), Kreychi, Vulf, Bellegard (Xvan 60), Arias (Lopes 70), Strand Larsen (Arokodare 60).

"Manchester Yunayted": Lammens, Mazraui, Xeven, SHou (Malasia 85), Amad (Ugarte 85), Kazemiro (Maynu 64), Fernandesh, Dalot (Dorgu 75), Mbeumo, Maunt (Zirkzee 75), Kunya.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: