
"Torino" o'z maydonida "Milan" klubini qabul qildi. Dramatik kechgan bahsda mehmonlar irodali g'alabani qo'lga kiritishdi - 3:2. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Kristian Pulishichning ikki goli "Milan"ga muhim uch ochko keltirdi va "rossonerlar" turnir jadvalida peshqadam bo'lib olishdi.
"Torino" — "Milan" 2:3
Gollar: 1:0 — Vlashich 10 (pen), 2:0 — Sapata 17, 2:1 — Rabo 24, 2:2 — Pulishich 67, 2:3 — Pulishich 77.
"Torino": Milinkovich-Savich, Koko, Maripan, Masina (Dembele 85), Voyvoda, Vlashich (Karamo 80), Richchi, Ilich (Linetti 72), Lazaro (Pedersen 65), Adams (Sanabriya 65), Sapata.
"Milan": Menyan, Emerson Royal, Tomori, Pavlovich, Ernandes, Fofana (Musa 82), Reynders, CHukvueze (Pulishich 58), Loftus-CHik, Leau (Okafor 14), Morata (Abraxam 82).

Bugun 11 nafar bokschimiz IBA Jahon chempionatida ringga ko'tariladi (to'liq ro'yxat)