SportUz.Net
iks
ads

Portugaliya bosh murabbiyi: "Quradan mamnunmiz!"

06.12.2025 11:18    


Rasmni yuklab olish

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 qura natijalari haqida fikr bildirdi.

"Endi qura natijalariga ko'ra tayyorgarlikni boshlashimiz mumkin. Biz o'z guruhimizdan mamnunmiz, chunki qura bizga birinchi o'yinni 17 iyunda o'tkazish imkonini berdi. Bu esa tayyorgarligimizga aniq yo'nalish beradi. 

Dastlab pley-off bosqichidan o'tgan jamoaga qarshi o'ynaymiz. Hozircha raqibimiz qaysi mamlakat terma jamoasi bo'lishini bilmaymiz. Qolgan ikki raqib - Kolumbiya va O'zbekistonga nisbatan hurmatimiz yuqori. Ular jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rgan va jiddiy raqobatchi jamoalardir", dedi 52 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya "K" guruhida Kolumbiya, O'zbekiston va pley-off g'olibi bilan kuch sinashadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: