
Superliganing eng ko'p narxi ko'tarilgan futbolchi "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov bo'ldi. Himoyachi "Paxtakor"da ajoyib mavsum o'tkazdi: Superligada 26 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi. Uning narxi 400 ming evroga oshdi va endi 1,2 million evroga teng.
"Nasaf" va Superliga kashfiyoti Sardorbek Bahromov uchun bu mavsum zo'r o'tdi. Yil boshida u zaxira futbolchisi edi yilni esa milliy terma jamoa azosi sifatida tugatdi. Uning narxiga 350 ming qo'shildi va endi umumiy narxi 400 mingga etdi.
Igor Sergeev ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Nasaf"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Jaloliddin Jumaboev ("Dinamo"), Behruz Karimov ("Surxon") kabi futbolchilarning narxlari 200 ming evrodan ko'paydi.
"Dinamo"da porlab chiqqan Behruzbek Oblaqulovning narxiga 175 ming qo'shildi. "Navbahor" vingeri Ruslanbek Jiyanov va "Paxtakor" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievning narxlari 150 ming evrodan oshdi.

Narxi eng ko'p kamaygan top-10 futbolchilar:
1) Hojimat Erkinov ("Paxtakor") - 200 ming evro;
2) Diyor Xolmatov ("Paxtakor") - 150 ming evro.
3) Silvanus Nimeli ("Neftchi") - 150 ming evro;
4) Bobir Abdixoliqov ("Paxtakor") - 100 ming evro;
5) Jamshid Boltaboev ("Navbahor") - 100 ming evro;
6) Saidazamat Mirsaidov ("Navbahor") – 100 ming evro;
7) Umar Eshmurodov ("Nasaf") - 100 ming evro;
8) G'olib G'aybullaev ("Nasaf") - 100 ming evro;
9) Zoir Jo'raboev ("So'g'diyona") - 100 ming evro;
10) Flamarion ("Paxtakor") - 100 ming evro.
"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov Superliganing eng qimmat futbolchisi nomini o'zida saqlab qoldi. "Nasaf" va O'zbekiston milliy terma jamoasi azosining narxi hamon 1,5 million evroga teng. Ikkinchi o'rinda "Paxtakor" bilan kubok yutgan Hojimat Erkinov qayd etilgan - 1,3 million evro. Bir yo'la 4 nafar futbolchining narxi 1,2 millionga teng. SHerzod Nasrullaev va Lyupcho Dorievning narxi oldindan shunday edi, Alijonov va Sergeev esa bugungi yangilanishdan keyin ularga etib olishdi.
OKMKning eng stabil futbolchisi Xurshid G'iyosovning narxi hamon 1 million evro. "Neftchi"ning chempionligiga katta hissa qo'shgan 32 yoshli Jamshid Iskanderov faoliyatida ilk bor 1 million evroga chiqdi.
Quvonarlisi endi O'zbekiston Superligasida narxi 1 million va undan ko'p bo'lgan 8 nafar futbolchi bor.
O'zbek bokschilari uchun IBA Jahon chempionatidagi yurish boshlandi: ilk jangda oson g'alaba