SportUz.Net
iks
ads

Ayollar Osiyo CHempionlar Ligasi. "Nasaf" safarda "Ist Bengal" jamoasini yirik hisobda taslim etdi

23.11.2025 15:42    


Rasmni yuklab olish

Ayollar o'rtasida Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turi doirasida Qarshining "Nasaf" jamoasi safarda Hindistonning "Ist Bengal" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Ilk daqiqalardan ustunlikka ega bo'lgan qizlarimiz 18-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Nilufar Qudratovaning uzatmasidan keyin Diyoraxon Xabibullaeva to'pni darvozaga yo'lladi. Ikkinchi bo'lim avvalida (52-daqiqa) Aziza Norboeva Lyudmila Karachik uzatgan to'pni darvozaga yo'llab, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 8-daqiqada yana o'sha Diyoraxon Xabibullaeva aniq zarbasi bilan yakuniy hisobni o'rnatdi.  

Ushbu g'alabadan keyin "Nasaf" 4 ochko bilan "B" guruhi etakchisiga aylanib oldi, ammo turning yana bir uchrashuvida "Uxan" (Xitoy) jamoasi "Bam Xatun" (Eron) bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvdan avval xitoyliklar hisobida 4 ochko bo'lsa, eronliklarda — 3 ochko bor. Guruh jadvalini ushbu havola orqali ko'rib olishingiz mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: