SportUz.Net
iks
ads

Vitaliy Levchenko O'zbekiston chempioni bo'lgan to'qqizinchi xorijlik murabbiy!

23.11.2025 10:54    


Rasmni yuklab olish

Kecha Farg'onaning "Neftchi" jamoasi 24 yillik tanaffusdan Superligada O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi.

Jamoa ushbu natijaga tojikistonlik mutaxassis Vitaliy Levchenko qo'l ostida erishdi. SHu tariqa Vitaliy Grigorevich O'zbekiston chempioni bo'lgan to'qqizinchi xorijlik murabbiyga aylandi. Legioner murabbiylar orasida rekord Tachmurod Agamurodovga tegishli. Turkmanistonlik mutaxassis "Paxtakor" bilan 4 marotaba chempionat oltin medallariga ega chiqqan. 

Quyida umumiy ro'yxat bilan tanishing. 

Ubiraja Vega Da Silva (Braziliya) - "Paxtakor" 1998

Leonid Ostroushko (Qozog'iston) - "Do'stlik" 2000

Sergey Butenko (Rossiya) - "Paxtakor" 2001

Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston) - "Paxtakor" 2002,2003,2004,2005

Ziko (Braziliya) - "Bunyodkor" 2008

Luis Felipe Skolari (Braziliya) - "Bunyodkor" 2009

SHota Arveladze (Gruziya) - "Paxtakor" 2019,2020

Piter Xyuistra (Gollandiya) - "Paxtakor" 2021

Vitaliy Levchenko (Tojikiston) - "Neftchi" 2025



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: