SportUz.Net
iks
ads

O'zbekiston U-16 terma jamoasi Koreyaga imkoniyatni boy berdi

22.11.2025 17:12    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston U-16 terma jamoasi mehmonda Koreya Respublikasi U-16 terma jamoasiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Unda koreyaliklar Sergey CHigodaev qo'l ostidagi O'zbekiston o'smirlari darvozasiga bitta to'p kiritishdi. Uchrashuvda durang qayd etilishi mumkin edi, biroq 83-daqiqada Mirkomil Murodov penaltidan unumli foydalana olmadi. 

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda koreyaliklar 5:0 hisobida zafar quchishgan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi

U-16 Koreya Respublikasi – O'zbekiston 1:0

Boshlang'ich tarkib: Denis Juravlyov, Mirjamol Anvarov, Mashhurbek Abdusoliev, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiev, Islom Ravshanov, Farruh Hayitmurodov, Amirxon Erkinov, Suhrob Sadirjonov, Muhammadodilxon Orifxonov, Laziz Abduraimov.

Zaxiradan tushganlar: Muhammad Mamatov, Mirkomil Murodov, Kirill Kapran, Xabib Tohirov, Rustam Aliev, Muhammad Mansurov, Muhammadali O'roqov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: