SportUz.Net
iks
ads

"Real" o'z stadioni nomiga o'zgartirish kiritdi

13.11.2025 17:48    


Rasmni yuklab olish

Klub futbol tanaffusi paytida o'zining mashhur uy stadioni bo'yicha bir qator yangilanishlarni taqdim etdi.

"Diario AS" nashrining xabar berishicha, "qirollik klubi" o'z stadioni uchun yangi ko'rinishni taqdim etdi, logotipini yangiladi va rasmiy nomini qisqartirdi. Bundan buyon stadion "Santyago Bernabeu" o'rniga shunchaki "Bernabeu" deb nomlanadi.

Yangilangan logotip stadionning zamonaviy, futuristik ko'rinishini anglatadi. Ushbu vizual yangilanish yaqinda "Bernabeu"da bo'lib o'tadigan NFL o'yinidan oldin tayyorlandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: