SportUz.Net
iks
ads

Messi ushbu natijaga erishgan tarixdagi ilk futbolchi

10.11.2025 10:00    


Rasmni yuklab olish

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi futbol tarixida 400 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.

Messi bu marraga MLS 1/8-turida “Neshvill”ga qarshi uchinchi o'yinda erishdi. Uchrashuv 4:0 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo'ldi. Messi bitta golli uzatmadan tashqari ikkita gol urdi.

Messi faoliyatidagi eng ko'p assistni “Barselona” safida amalga oshirgan. U kataloniyaliklar safida jam 269 ta golga assistlik qilgan. SHuningdek, Argentina terma jamoasi uchun 60 ta, “Inter Mayami” uchun 37 ta, parijliklar safida esa 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

38 yoshli Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami”da to'p suradi.Argentinalik futbolchi sakkiz marta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi. Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionati, Kopa Amerika (2021, 2024), Finalissima (2022) va Olimpiya o'yinlari (2008) g'olibi bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: