SportUz.Net
iks
ads

"Milan" Levandovski bilan shartnoma imzolamoqchi

09.11.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

"Milan" qishki transferlar vaqtida Robert Levandovski bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda.

Qayd etilishicha, Italiya grandi hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Polshalik "rossonerilar" short-listida bor.

Biroq Levandovskining o'zi qishda ketmoqchi emas. Hujumchi mavsumni "Barselona"da yakunlashni rejalashtirmoqda. Forvardning mehnat shartnomasi yozda tugaydi. Futbolchi yana bir mavsum ispan klubida qolish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor. Ammo A Seriyaga ko'chib o'tish ham istisno etilmagan.

Robert Levandovski joriy mavsum "Barselona" safida 11 ta o'yin o'tkazib, ularda to'rtta gol urdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: