SportUz.Net
photo photo

Angliyalik futbolchi: "Yarim final biz uchun juda kam"

04.07.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

Angliya termasi himoyachisi Xarri Maguayr Evro-2020 doirasida Ukraina ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Hissiyotlar ajoyib. Ketma-ket ikki marta katta turnirlarning yarim finalida o'ynash - katta natija. Kechani buzishni istamayman. Oldimizda katta o'yinlar bor. Bu safar finalga chiqishni istaymiz. JCHda buni uddalay olmagandik. Bu erda o'zimizning nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatayotganimiz ajoyib. Biroq yuqori cho'qqiga hali chiqmadik.

Kiyim almashtirish xonasida barcha ishonch bilan o'tiribdi. Birinchi bo'lim oson o'tgani yo'q. O'zimiz istagandek tezkor gol urgandik, ammo sxemani o'zgartirib, o'zimiz uchun ham muammolar yaratdik. Ikkinchi gol esa bizni xotirjam qildi. O'yin nazorati bizning qo'limizga o'tdi. Uchinchi va to'rtinchi golni urishga ham haqli edik. Endi dam olib, tiklanish kerak.

Hujum zonasida biz himoyachilar ham qanday o'ynash kerakligini bilamiz. Bugun bir emas ikkita gol urdik. Lyuk bizga ajoyib paslar oshirmoqda. Gol muallifi bo'lish yaxshi, ammo asosiysi - g'alaba. Yarim final esa biz uchun juda ham kam. Finalda g'alabaga erishishni istaymiz", - dedi Maguayr.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: