SportUz.Net
photo photo

Evro-2020. UEFA VAR'ning musobaqadagi statistikasini taqdim etdi

27.06.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

UEFAning hakamlik masalalari bo'yicha katta oficeri Roberto Rozetti Evropa chempionatidagi VAR ishi to'g'risida hisobot berdi.

Guruh bosqichidagi 36 o'yinda 179 ta bahsli epizod kuzatildi. Hakamlarning maydonda chiqargan 91,6% qarorlari to'g'ri bo'lgan. VAR hakamlarning qarorlarini 12 marta o'zgartirdi: 6 marta ofsayd holati sababli, 3 marta qoidalar buzilishi tufayli, 2 marta to'p qo'l bilan o'ynalgani va 1 bor tirsak ishlatilgani bois. 

"Videoassistentlar hakamlarning to'g'ri qaror qabul qilishida hal qiluvchi rol o'ynashadi. Raqamlar ularning beqiyos hissasi borligini yaqqol bildiradi", – dedi Rozetti.

Bundan tashqari, turnirda ofsaydni aniqlash bo'yicha 21 ta bahsli holat qayd etildi. VAR 6 marta ishlatilgan bo'lib, hakamlar hali noto'g'ri qaror chiqarishmagan.

"Biz endi o'yindan tashqari holatni o'zimiz uchun muammo deb hisoblamaymiz", – deya qo'shimcha qildi Rozetti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: