SportUz.Net

APL klubi "Real"dan Arda Gyulerni sotib olmoqchi

30.03.2025 17:18    


Rasmni yuklab olish

"Bornmut" klubi "Real"ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyulerning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ingliz klubi futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalarni o'rnatgan. Manbaning yozishicha, "Real" turk futbolchisini sotmoqchi emas va faqat ijaraga berishni ko'rib chiqishga tayyor.

"Bornmut" "qaymoqranglilar"ga 40 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijara taklif qilmoqda. "Olchalar"ga "Arsenal" va "RB Leypcig" raqobatchi tug'dirishga tayyor. Umuman olganda, Arda Gyuler "Real" safida 43 ta o'yin o'tkazib, to'qqizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachini 45 mln evroga baholamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: