SportUz.Net
photo photo

O'zbekcha transfer: Server Jeparov necha millionga sotilgan?

11.06.2021 19:50    


Rasmni yuklab olish

Championat.asia'da "O'zbekcha transfer" rukni davom etadi.

Xabaringiz bor, oldingi safar hamyurtimiz Odil Ahmedov hamda Igor Sergeev ishtirokida imzolangan o'tish bitimlari haqida malumot bergandik. Bugun esa O'zbekistonning 9 karra chempioni, mamlakat kubogining 8 karra g'olibi, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya chempioni, Osiyoning 2008 va 2011 yillardagi eng yaxshi futbolchisi — Server Jeparov haqida malumot beramiz.

CHirchiqlik futbolchi 20 yillik faoliyati davomida 12 klubda o'ynadi. Uning ishtirokida 6 bor transfer shartnomasi imzolangan:
1. 2008 yilning yanvarida "Paxtakor"dan "Bunyodkor"ga 750 ming evro evaziga;
2. 2010 yilning iyulida "Bunyodkor"dan "Seul"ga (Janubiy Koreya) ijara uchun 800 ming evro;
3. 2011 yilning fevralida "Bunyodkor"dan "Seul"ga 800 ming evro evaziga;
4. 2011 yilning iyulida "Seul"dan "Al SHabab"ga (Saudiya Arabistoni) 1,6 mln evro evaziga;
5. 2013 yilning fevralida "Al SHabab"dan "Sonnam"ga (Janubiy Koreya) 550 ming evro evaziga;
6. 2016 yilning yanvarida "Ulsan Xyonde"dan "Lokomotiv"ga (Toshkent) 500 ming evro evaziga.

Xullas, Jeparovning butun transferlari uchun u o'ynagan klublar 5 mln evro sarflagan. Futbolchi faoliyati davomida O'zbekiston terma jamoasi safida 127 o'yin o'tkazib, bu borada rokerd o'rnatgan edi. U ayni paytda mamlakatimizning 14 yoshgacha bo'lgan bolalardan iborat terma jamoasini boshqarmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: