SportUz.Net
photo photo

"Barselona" Veynaldumga o'rinbosar topdi

11.06.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

"Roma" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini La Ligaga yo'l olishi mumkin.

24 yoshli ijrochining transferiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Pellegriniga Jorjino Veynaldumning transferi amalga oshmagani sabab etibor qaratishdi.

Lorenconing "bo'rilar" bilan tuzgan shartnomasida uning tovon puli 30 million evroni tashkil etishi yozilgan. Uning shartnomasi kelasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Pellegrini o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: