SportUz.Net
photo photo

Paolo Maldinining o'g'li Italiya termasi safida debyut qilishi mumkin

01.10.2024 16:42    


Rasmni yuklab olish

"Monca" yarim himoyachisi Daniel Maldini yaqin orada Italiya termasi safida maydonga tushishi mumkin.

"Skuadra adzurra" ustozi Luchano Spalletti 22 yoshli yarim himoyachini Millat Ligasi doirasidagi Belgiya (10 oktyabr) va Isroilga qarshi (14 oktyabr) uchrashuvlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatiga kiritgan. Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar berdi. Daniel Maldini Italiya yoshlar terma jamoasi safida o'yinlar o'tkazgan, ammo milliy termaga hali chaqirilmagan edi. 

Joriy mavsum xavbek "Monca" safida A Seriyaning 6 uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Eslatib o'tamiz, Danielning otasi Paolo Maldini 1987 - 2002 yillar oralig'ida Italiya terma jamoasi libosida 126 o'yin o'tkazgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: