SportUz.Net
photo photo

CHempionlar ligasining Toshkentda o'tkaziladigan o'yinlari bo'yicha rasmiy bayonot

06.06.2021 13:50    


Rasmni yuklab olish

Avstraliya klublari bu mavsum OFK chempionlar ligasida ishtirok etmaydigan bo'lishdi

SHu bois OFK tashkiliy qo'mitasi yig'ilish o'tkazib, bu borada yangi qaror qabul qildi. Xabaringiz bor, OCHL SHarq mintaqasining ikkita guruh o'yinlari Toshkentda o'tkaziladi. O'yinlar "Bunyodkor" va "Lokomotiv" stadionlarida tashkil etiladi. 

23 iyun kuni "Lokomotiv" stadionida Janubiy Koreyaning "Tegu" va Tailandning "CHiangray Yunayted" klublari o'rtasida pley-off bahsi bo'lib o'tishi lozim edi. Biroq "H" guruhidan joy olgan Avstraliyaning "Sidney FK" klubi musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgani sabab pley-off o'tkazilmaydigan bo'ldi. 

Buning natijasida Tailand klubi guruhda "Sidney FK" o'rnini egalladi hamda Janubiy Koreyaning "Tegu" jamoasi to'g'ridan to'g'ri "I" guruhiga yo'l oldi. Eslatib o'tamiz, mazkur ikki guruh bellashuvlari 25 iyun - 11 iyul oralig'ida Toshkentda o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: