SportUz.Net
photo photo

Anchelotti - "Real" bosh murabbiyligi uchun favorit. U short-listda Pochettino, Konte va Rauldan yuqorida

01.06.2021 20:50    


Rasmni yuklab olish

"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real"ga qaytishi mumkin.

61 yoshli italiyalik ayni damda Zinedin Zidan ketganidan so'ng bo'shagan joy uchun etakchi.

"Real 2021/22 yilgi mavsum oldidan jamoaning qurilishiga band bo'lish uchun tezroq yangi murabbiyni tayinlamoqchi.

Karlo "qaymoqranglilar" short-listida boshqalardan yuqorida turibdi - Maurisio Pochettino, Antonio Konte va Raul.

Anchelotti "Real"da ishlagan (2013-2015) va 4ta sovrin, jumladan ispan grandining CHLdagi 10-g'olibligini qo'lga kiritgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: