SportUz.Net
photo photo

Serxio Aguero: "To'g'ri qaror chiqarganimga ishonchim komil"

01.06.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

"Barselona"ning yangi futbolchisi Serxio Aguero Kataloniya klubiga o'tgani haqida gapirdi.

"Barselona" - dunyoning eng yaxshi klublaridan biri, shu boisdan to'g'ri qaror chiqarganimga ishonchim komil. Umid qilamanki, o'z o'yinlarim bilan jamoaga yordam bera olaman. Faoliyatimda oldinga katta qadam tashladim. Juda xursandman. Ko'plab sovrinlar qo'lga kiritishni istayman. Asosiysi - o'ynab, jamoaga yordam berish. Agarda jamoa muvaffaqiyatlarga erishsa, bundan xursand bo'laman.

Jamoaning sovrinlar yutishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman va bor kuchim bilan o'ynayman. Muxlislar mening o'yinimni ko'rib, quvonishlarini istayman. "Barselona" uchun o'z o'yin uslubimni o'zgartirishga tayyorman. Tajribam jamoaga yordam berishidan umidvorman", - dedi Aguero.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: