SportUz.Net
photo photo

JCH-2022 saralashidagi raqibimiz bugun Afg'onistonga qarshi o'ynaydi

29.05.2021 14:25    


Rasmni yuklab olish

Kechadan boshlab Osiyo qitasida JCH-2022 saralash bahslari davom ettirildi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak raqiblaridan biri bo'lgan Singapur terma jamoasi Dubayda Afg'oniston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Tatsuma Yoshida boshchiligidagi Singapur xuddi O'zbekiston singari Saudiya Arabistoniga uchib ketish oldidan Dubayda yig'in o'tkazmoqda.

Yaponiyalik murabbiy yig'inga quyidagi futbolchilarni taklif qilgan:

Darvozabonlar
Izvan Mahbud (klubsiz)
Zaiful Nizam ("Balestier Xalsa")
Hassan Sanni ("Lion Siti Sailors")

Himoyachilar

SHakir Hamzah (klubsiz)
Baixakki Haizan ("Tampines Rovers")
Madhu Mohana ("Tampines Rovers")
Nazrul Nazari ("Xougang Yunayted")
Irfan Fandi ("Patum Yunayted", Tailand)
Hafiz Sujad ("Xougang Yunayted")
Amirul Adli ("Lion Siti Sailors")
Zulqarnayn Suzliman ("Yong Lions")

Yarim himoyachilar
Anumantan Kumar ("Kedah Darul Aman", Malayziya)
SHahdan Sulaymon ("Lion Siti Sailors")
Xariss Xarun ("Lion Siti Sailors")
Sayfulloh Akbar ("Lion Siti Sailors")
Zulfahmi Arifin (klubsiz)
Hami Syahin ("Yong Lions")
Yosir Xanapi ("Tampines Rovers")
Idraki Adnan ("Xougang Yunayted")

Hujumchilar
Faris Ramli ("Lion Siti Sailors")
SHaval Anuar ("Xougang Yunayted")
Gabriel Kuak ("Lion Siti Sailors")
Ilhan Fandi ("Yong Lions")
Xazzuvan Xalim ("Balestier Xalsa")
Xafiz Nor ("Lion Siti Sailors")

Ro'yxatda 3 nafar futbolchi klubsiz. Tailand va Malayziyada o'ynayotgan ikki legioner bor. Norvegiya chempionatida to'p tepayotgan terma jamoa safida 18ta o'yinda 8ta gol urgan Ihsan Fandi yig'in davomida jarohat oldi.

Singapur terma jamoasi 5ta o'yindan 7 ochko to'plab musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. Ushbu jamoa 3 iyun kuni Falastin, 7 iyun kuni O'zbekiston va 11 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinlar o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: