SportUz.Net
photo photo

U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi

26.04.2024 21:23    


Rasmni yuklab olish

U23 Osiyo kubogi chorak final doirasidagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yini bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2:0 hisobida g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi. 

Endi terma jamoamiz 29 aprel kuni soat 19:00da Indoneziyaga qarshi yarim final uchrashuvini o'tkazadi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada finalga yo'l olgan terma jamoa Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Yarim finalda mag'lub bo'lgan ikki jamoa esa o'zaro uchrashuv o'tkazadi va unda g'alaba qozongan jamoa ham Olimpiadaga boradi. 4-o'rin sohibi esa Afrikaning Gvineya terma jamoasiga qarshi o'tish o'yinida ishtirok etadi.  

O'zbekiston U-23 — Saudiya Arabistoni U-23 2:0 

Gollar: Husayn Norchaev (45+2), Umarali Rahmonaliev (84)

O'zbekiston U-23: 1. Abduvohid Nematov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10. Jasurbek Jaloliddinov (s), 14. Abbosbek Fayzullaev, 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev, 20. Ruslanbek Jiyanov, 23. Abdurauf Bo'riev.

Zaxira: 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 7. Hojimat Erkinov, 8. Ibrohim Ibragimov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 12. Vladimir Nazarov, 15. Umarali Rahmonaliev, 16. Asadbek Rahimjonov, 21. Hamidullo Abdunabiev, 22. Alisher Odilov.

Saudiya Arabistoni U-23: 2. Muhammad Vahib Alshamat, 4. Rayan Muhammad Hamid, 6. Eid Almuvallad, 8. Faysal Al Gamdi (s), 9. Abdulloh Radif, 11. Ahmad Al Gamdi, 12. Zakaria Havsavi, 17. Xaytam Muhammad Asiri, 19. Meshal Ibyani Hayrulloh, 22. Muhammad Salim Alabsi, 23. Ayman Yahyo.

Zaxira: 1. Abdulrahmon Alsanbi, 3. Muhammad Sulaymon Bakor, 5. Jexad Tikri, 7. Ziyod Aljoxani, 13. Muhammad Al Dossari, 14. Avad Al Nashri, 15. Marvan Al Saxafi, 18. Abdulloh Said, 20. Salix Abu Alshamat, 21. Axmad Aljubaya.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: