SportUz.Net
photo photo

Futzal. Osiyo Kubogida O'zbekistonga yutqazgan Vetnam o'tish o'yinida Qirg'iz Respublikasiga ham mag'lub bo'ldi

26.04.2024 19:23    


Rasmni yuklab olish

Vetnam hamda Qirg'iz Respublikasi o'rtasidagi murosasiz bahs yakuniga etdi.

Unda qirg'izistonliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonib, hal qiluvchi pley-off bahsida Afg'oniston bilan to'qnash keladigan bo'lishdi. Ushbu to'qnashuvda g'olib chiqqan jamoa O'zbekiston mezbonlik qiladigan JCH ishtirokchisiga aylanadi. Uchrashuv 28 aprel kuni o'tkaziladi. 

Osiyo Kubogi

Pley-off bosqichi

Vetnam – Qirg'iz Respulikasi 2:3

Gollar:Nguen Man 12', 37' – Alimov 8', Mahamadaminov 23', Talaybekov 38'



Pley-off bosqichidagi raqobat mezbon sifatida 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga avtomatik tarzda yo'llanma olgan O'zbekistonning turnirdagi ko'rsatkichiga bog'liq edi. O'zbekiston yarim finalga yo'l oldi, shuning uchun chorak finalda qolgan to'rtta mag'lubiyatga uchraganlar (Iroq, Afg'oniston, Vetnam, Qirg'iz Respublikasi) uchun pley-off formatida bahslar o'tkazilmoqda. Pley-off g'olibi 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: