SportUz.Net
photo photo

"Lacio"ni mag'lub etgan "Inter" "Milan"dan o'zib, peshqadamga aylandi

15.02.2021 08:23    


Rasmni yuklab olish

Italiya A Seriyasi 22-turining markaziy uchrashuvi Milanda bo'lib o'tdi.

Milanda mehmon  bo'lgan Rimning "Lacio" klubi 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Romelu Lukaku va Lautaro Martinesning gollari "Inter"ga g'alaba keltirdi. Ushbu g'alabadan keyin ochkolari sonini 50 taga etkazib olgan "neradzurrilar" musobaqa jadvalining 1-pog'onasiga ko'tarilib olishdi. 

Malumot uchun, A Seriyaning keyingi turida "Milan derbisi"ga guvoh bo'lamiz. Musobaqa jadvalida 1 va 2-o'rinni egallab turgan jamoalar o'rtasidagi bahs 21 fevral oqshomida o'tkaziladi.

Inter – Lacio 3:1

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar: 1:0 – 22, penalti Lukaku, 2:0 – 45 Lukaku, 2:1 – 61 Eskalante, 3:1 – 64 Martines.

Inter – Xandanovich, de Vrey, Bastoni, SHkrinyar, Xakimi (D`Ambrozio, 90), Barella, Perishich (Darmian, 90), Brozovich, Eriksen (Galyardini, 72), Lukaku (Pinamonti, 90), Martines (Sanches, 78).

Lacio – Reyna, Xudt (Parolo, 46), Acherbi, Gabarron, Laccari, Luis Alberto (Pereyra, 78), Marushich, Leyva (Eskalante, 46), Milinkovich-Savich, Korrea (Kaysedo, 70), Immobile (Muriki, 70).

Ogohlantirishlar: Xudt (20), Lukaku (26), Xakimi (59). 

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: