SportUz.Net
photo photo

Keynning transferi Sitiga qanchaga tushadi?

23.05.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin.

Futbolchining transferi “Manchester Siti”ga 100 million funtdan ziyodroqqa (116 million evrodan ortiq) tushishi mumkin. Bu haqda Sony Sports nashri jurnalisti Ian CHizmen yozmoqda.

Ilgariroq futbolchining aynan Gvardiola jamoasida to'p surish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Qolaversa Keynga “CHelsi” ham davogarlik qilmoqchi.

Iyulda 28 yoshga to'ladigan hujumchi joriy mavsumda APLda 34 ta uchrashuv o'tkazib, 22 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: