SportUz.Net
photo photo

UFC Ngannuning keyingi jangi ustida ishlamoqda. Raqib Jon Jon emas

06.04.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

UFC allaqachon Fransis Ngannu va Derrik Lyuis o'rtasidagi jang ishlarini boshlab yuborgan. Bu haqida taniqli jurnalist va insayder Ariel Xelvani xabar berdi.

"UFC 12 iyun kuni Fransis Ngannu va Derek Lyuis o'rtasidagi jang uchun ishlarni boshlagan. Ngannuning yaqindagina jang qilganini hisobga olsa, u rozi bo'lish yoki bo'lmasligi aniq emas. Masalaning muhim jihati shundaki, UFC Jon Jonsni kutib o'tirmoqchi emas.

UFC 12 iyungacha balki Jon Jonsga taklif berar. Ammo, Derrik Lyuis jang qilishga hozirda tayyor va o'zi ham buni xohlamoqda. UFC Derrik Lyuis va Ngannu o'rtasidagi jangni yozning oxirlariga rejalashtirsa ham ajablanmayman. Aftidan, UFC Jon Jons talab qilayotgan pulni bera olishiga ko'zi etmayapti", -deb yozadi Ariel Xelvani.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Jon Jons Ngannuga qarshi jang borasida Dana Uayt bilan kelishib olganini bildirgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: