"Nima deya olishim mumkin? Biz juda qattiq tayyorgarlik olib borgandik. Men Murodjondan Ivasani nokaut qilishini oldindan kutgandim. Sababi, biz mashg'ulotlarda juda qattiq ishlagandik. Jangdan oldin hamma rejalarni o'ylab qo'ygandik. Buni amalga oshirish faqatgina vaqtning hukmida edi. Ivasa kuchli chempion, tajribali bokschi. U juda ko'p zarbalar berdi va yiqilishni xohlamayotgan edi. Ammo, Ahmadaliev baribir uni nokautga uchratdi. Biz jangning har bir raundida o'z taktikamizni raqibning harakatlaridan kelib chiqib moslashtirib bordik va natijaga erishdik", - dedi Joel Dias.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi