SportUz.Net
iks
ads

Yen Machado Garri Islam Maxachevni kutmaslikka qaror qildi

29.12.2025 15:00    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda UFC reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Yen Machado amaldagi divizion chempioni Islam Maxachevning ehtimoliy raqiblaridan biri hisoblanadi.

Garri yaqinda bergan intervyusida yozda Oq uydagi turnirda oktagonga qaytishi mumkinligini aytgan rossiyalikni kutmoqchi emas.

"Yozgacha kutmayman. Men bir joyda turishga juda yaxshi tayyorman", - deb yozdi irlandiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqda chempionning bayonotiga izoh berib.

Islam Maxachev bir kun avval UFC’ning chempionlik himoyasini kelasi yilning yanvar oyida o'tkazish taklifini rad etib, Ramazon oyidan keyin - aprel, may yoki iyun oylarida qaytishni rejalashtirayotganini malum qilgandi. SHu bilan birga, rossiyalik jangchi Maykl Morales yoki Kamaru Usman bilan jang qilishni afzal ko'rishini aytdi.

Maxachev o'tgan oyda yarim o'rta divizionning yangi chempioni bo'ldi, u besh raund yakunlariga ko'ra avstraliyalik Jek Della Maddalenani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: