SportUz.Net
iks
ads

Terens Krouford faoliyatini yakunlash sababini aytdi

29.12.2025 10:03    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik mutlaq jahon chempioni Terens Krouford 38 yoshida professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.

Uning bu qarorga kelishiga WBC kamaridan, u bilan birga ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempionligidan mahrum etilishi sabab bo'lmagan.

"Yo'q, sababi bu emas. Bu men tomondan ahmoqlik bo'lardi. Men 38 yoshdaman, bu boks uchun juda ko'p. Etti yoshimdan boks bilan shug'ullanaman. Boksda boshqa isbotlaydigan gapim ham ishim ham qolmadi. Mening yana nimagadir intilishimga hojat yo'q. Masalan, men yana nima qila olaman? Menga baribir munosib baho berishmaydi, shuning uchun buning umuman ahamiyati yo'q", - dedi amerikalik Eydin Rossga bergan intervyusida.

Kroufordning boksdan ketishini Oskar De La Xoyya masxara qilib, amerikalik butun faoliyati davomida faqat "ikkita yaxshi jangchini" mag'lub etganini aytdi. Krouford o'zining munosib etirofga sazovor bo'lmayotgani haqida gapirganda, aynan shunday izohlarni nazarda tutadi. SHuningdek, bokschi o'z merosiga biror narsa bera oladigan janglar qolmaganiga ishonadi.

"Hammasiga sabab shuki, men juda yaxshiman. Kibr tufayli emas, balki raqiblaringdan shunchalik ustun bo'lib, ularni ilgari hech qachon ko'rinmagan qiyofaga keltirsang, hamma: "Oh, u allaqachon tugatilgan. Ha, bu yigit bir qop". Bundan tashqari, zamonaviy boksda kim bor, kimning nomi bor, u mening merosimga qandaydir tasir ko'rsata oladimi?", - deya izoh berdi Krouford.

Joriy yilning sentyabr oyida Terens Krouford Saul "Kanelo" Alvaresni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratib, boks bo'yicha ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: